Agarda örta va kiçik masofalarga möljallangan raketalarni yöq qiliş töğrisidagi şartnoma bekor qilinsa, Germaniya Yevropada örta masofaga möljallangan yadroviy raketalar joylaştirilişiga qarşilik qiladi. Bu haqda Germaniya TIV rahbari Xayko Maas dpa agentligiga bergan intervyusida. 

«Yevropa heç qaçon qurollanişni kuçaytiriş böyiça munozaralar uçun maydonçaga aylanmasligi kerak. Örta masofaga möljallangan yangi raketalarni joylaştiriş Germaniyada katta qarşiliklarga uçragan bölardi», deya iqtibos keltirdi Tiroler Tageszeitung gazetasi vazirning sözlaridan.

Uning sözlariga köra, qurollanişni kuçaytiriş ğoyasi sovuq uruş davrida paydo bölgan.

«80-yillar siyosati bugungi muammolar uçun javob böla olmaydi», dedi Maas.

Avvalroq NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg alyans örta va kiçik masofalarga möljallangan raketalarni yöq qiliş töğrisidagi şartnoma atrofidagi vaziyatga javoban ittifoqçilar Yevropada qöşimça yadro quroli joylaştirişini kutmayotganligini bildirgandi.