Öz sohasida innovatsion yeçimlar bilan tanilgan «East Telecom» kompaniyasi bu yilgi yangi yil bayramini har doimgidan özgaça tarzda nişonlaşga qaror qildi.

20 dekabr kuni «East Telecom» kompaniyasi jamoasi Toşkent viloyati Yangiyöl tumanidagi «Toşkent viloyati 1-sonli ruhiy kasalliklar şifoxonasi»ga taşrif buyurdi. Jamoa a'zolari şifoxonada davolanayotgan bolalarni kirib kelayotgan Yangi Yil bayrami bilan tabriklab, kelajakda omad yor bölişini va barça tilaklari amalga oşişini tiladilar.
Albatta, kompaniya tomonidan taqdim etilgan turli-tuman sovğalar bolajonlarga xuşnudlik ulaşdi.




Söngra şu şifoxonada işlayotgan hamşira va xodimlarga bu savobli işlarida matonat tilab, taşakkurlar bildirildi hamda bolalar bilan xayrlaşildi.
«East Telecom» kompaniyasida xayriya aksiyalari uyuştiriş an'anaga aylangan va kompaniya tomonidan har yili öziga xos tadbirlar ötkaziladi. 2018 yil mart oyida Oqtöba viloyatida yuz bergan avtohalokat qurbonlari, 52 nafar yurtdoşlarimizning oila a'zolari va yaqinlariga ham hamdardlik bildirilib moliyaviy yordam körsatilgani şular jumlasidandir.




«East Telecom» yangi yil arafasidagi xayriya aksiyalari doirasida quyidagi muassasalarga taşrif buyurdi:
1. Toşkent viloyati, Yangiyöl tumani, Xalqobod QFY
«Toşkent viloyati 1-sonli ruhiy kasalliklar şifoxonasi»;
2. Toşkent viloyati, Angren şahri, Ibn Sino köçasi 22-daha
«Şikastlangan bolalar uçun maktab internati»;
3. Toşkent viloyati, Böka tumani
Kam ta'minlangan oilalar xonadonlari;
4. Toşkent viloyati Yangiyöl tumani
“Gödaklar uyi”.
Ezgu niyatlar istagida bölgan «East Telecom» xayriya aksiyalarini kelgusida ham davom ettiriş, hayot sinovlari tufayli köngli öksik insonlarga dalda böliş niyatida!















