Amerikalik yurist Morgan Çu va uning rafiqasi Helen Çu Harvard huquq maktabiga 31,4 mln dollar xayriya qildi. Bu – maktab tarixidagi eng yirik xayriya bölib, mablağ oltita yangi professorlik lavozimini moliyalaştirişga yönaltiriladi.

Morgan Çu – intellektual mulk huquqiga ixtisoslaşgan yurist, u Harvard huquq maktabini 1976-yilda imtiyozli baholar bilan tamomlagan. Los-Anjelesdagi Irell & Manella yuridik firmasining sud işlari böyiça guruhiga rahbarlik qiladi.

“Maktab meni adaşib qabul qilgani uçun undan minnatdorman. Bu yerda jahon darajasidagi taʼlim oldim va vaqtimni juda maroqli ötkazdim. Helen bilan maktabga rahmat aytmoqçi böldik”, – deya öz xayriyasini izohladi Çu.

Bu – Çular oilasining Harvard huquq maktabiga ajratgan birinçi xayriyasi emas. Morgan va rafiqasi Helen 2013-yilda maktab dekani lavozimini moliyalaştiriş uçun doimiy fond taşkil etişga mablağ ajratgan.

Oila undan avval talabalar stipendiyalari, akademik yutuqlar uçun mukofotlar va boşqa taʼlim taşabbuslarini ham qöllab-quvvatlagan.

Çuning oilasida Nobel mukofoti sovrindori ham bor

Morgan Çuning oilasi ilm-fan va taʼlim sohasidagi yutuqlari bilan ham tanilgan. Uning akasi Stiven Çu 1997-yilda fizika böyiça Nobel mukofotini olgan. Stiven Çu Barak Obama maʼmuriyati davrida AQŞ energetika vaziri ham bölgan.

Yana bir akasi Gilbert Çu Stenford universitetining tibbiyot maktabida professor bölib işlaydi.

Morgan Çuning ota-onasi Xitoydan AQŞga köçib kelgan va Massaçusets texnologiya institutida (MIT) tahsil olgan. Otasi keyinçalik universitetlarda professor bölib işlagan.

Harvard huquq maktabi maʼlumotiga köra, 2026 moliya yili muassasa tarixidagi eng muvaffaqiyatli mablağ yiğiş davri böldi: xayriyalar hajmi 135 mln dollardan oşdi. Bu avvalgi rekorddan qariyb 30 mln dollar köp.