2003 yilda dunyodagi bolalarga beriladigan World of Children Awards mukofoti kanadalik 11 yoşli Rayan Herlyakka beriladi. Bola bu nufuzli mukofotni bejizga olmagandi. U 6 yoşidan boşlab pul töplab Afrikadagi qişloqlarga suv çiqarib berişga hissa qöşib kelayotgandi.

Ha, dunyoning qaysidir çekkasida olti yoşli bolalar ota-onasiga arzimagan narsa uçun xarşaxa qilib yurganda Rayan Herlyak özi işlab topgan pullarni afrikaliklar uçun quduq qazişga bergandi.

Barçasi 1998 yilda Rayan birinçi sinfda tahsil olib yurgan paytida öqituvçisining Afrika haqidagi hikoyalarini tinglaşdan boşlanadi.

Öqituvçi ayol bolalarga Afrikada toza içimlik suvi yetişmasligi, millionlab odamlar loyqa suvlarni içişga majbur bölişi, ularning bir qismini bolalar taşkil etişi va oqibatda aholi orasida turli kasalliklar kelib çiqişi haqida hikoya qilib beradi.

Ustozining hikoyalari öşa paytda 6 yoşda bölgan va toza suvga möl Kanadada yaşayotgan Rayan Herlyakka juda qattiq ta’sir qiladi.

superkind.org

Öşanda u avvaliga hayron qoladi. Oddiy bir jömrakni oçsa suv tuşadi-ku, afrikaliklar nega şunday qilmaydi deb öylaydi.

Şunda öqituvçisi unga Afrikada suv Kanadada bölgani kabi serob emasligini, qit’aning juda katta hududida içimlik suvi tanqisligini, şu sababli uylarda jömrak yöqligini tuşuntiradi.

Şundan söng Rayan afrikaliklarga yordam berişga qaror qiladi. U sörab suriştirib, Kanadada taşkil etilgan WaterCan taşkiloti afrikalik bolalar uçun 70 dollar evaziga quduq qazib berişi haqida eşitadi.

Şundan söng Rayan ota-onasi bilan maslahatlaşadi. Onasi unga pul yiğiş uçun işlaş kerakligini aytadi va agar uy işlarida yordamlaşsa bu uçun pul tölaşini ta’kidlaydi.

Rayan onasiga uy işlarida yordam beradi. Keyin qöşnilarga ham yordam berib pul işlaydi. Şuningdek, ota-onasi maktabda işlatiş uçun bergan pullarni yiğa boşlaydi.

alchetron.com