Toşkentda «Özatom» agentligi va «Rosatom» davlat korporatsiyasi  işçi guruhlarining dastlabki kengaşi bölib ötdi. ​Özbekistonga taşrif buyurgan Rossiya delegatsiyasiga «Rosatom» davlat korporatsiyasi boş direktorining operatsion boşqaruv böyiça birinçi örinbosari - «IK» AES AJ prezidenti Aleksandr Lokşin boşçilik qildi.

​«Özatom» agentligi matbuot xizmatining xabar berişiça, yiğiliş davomida Özbekistonda birinçi atom elektr stansiyasini quriş uçun maydon tanlaş maqsadida muhandislik tadqiqotlariga oid işlar holati töğrisida ma'lumot berilgan. Şuningdek, «Özatom» agentligi tomonidan Muhandislik tadqiqotlari dasturi tasdiqlangan. 
 
​Muzokaralar davomida Özbekiston tomoniga uşbu loyihaga asosan dastlabki şartnomalarning loyihalari  berildi. «Rosatom» davlat korporatsiyasi ham Özbekiston Respublikasida birinçi AES qurilişi loyihasi böyiça kontraktatsiyaga yondaşuvlar töğrisidagi materiallarni va muzokaralarning maqsadli rejasini taqdim qildi. Tomonlar şartnomalarga oid muzokaralarni 2019 yilda boşlaşni möljallamoqda.

​Ta'kidlaş joizki, 2018 yilning 7 sentyabrida Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Oripov va Rossiya Boş vaziri Dmitriy Medvedev Özbekistonda Rossiya texnologiyalari asosida atom elektr stansiyasini quriş böyiça ikki mamlakat hamkorligi töğrisidagi hukumatlararo bitimni imzolagan. Loyihaga muvofiq,  Özbekistonda SSER-1200 reaktorli ikki energoblok qurilişi rejalaştirilgan.