Özbekistonda yana xususiy qöriqlaş agentliklari paydo böladi. Bu prezident qarori bilan tasdiqlangan, 2019 yilda Özbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta'minlaş samaradorligini oşiriş böyiça “Yöl xaritasi”da nazarda tutilgan.

Xususiy qöriqlaş agentliklari 2014 yilning 1 fevraligaça Özbekistonda faoliyat yuritib kelgan - öşandan buyon faqat Içki işlar vazirligi huzuridagi «Qöriqlaş» birlaşmasi qöriqlaş faoliyati bilan şuğullanadi, u şartnoma asosida kompaniyalarga xizmat körsatadi.

“Yöl xaritasi”da jamoat xavfsizligini ta'minlaş samaradorligini oşiriş böyiça quyidagiça tadbirlarning amalga oşirilişi belgilangan:

qöriqlaş faoliyati bilan şuğullanişni yanada takomillaştiriş böyiça çoralar köriş, xususan, nodavlat taşkilotlarga xavfsizlikni ta'minlaş böyiça qöriqlaş faoliyatiga va xizmatlar körsatişga ruxsat beriş;

içki işlar organlarining yöl-patrul bölinmalari xodimlari uçun mobil videokameralar hamda ma'muriy huquqbuzarlikka oid işlarni rasmiylaştiriş va körib çiqişning elektron tizimi planşetlarini xarid qiliş;

alkogoldan ötkir mastlik holatida bölib, özining harakatlari bilan huquq-tartibotga xavf tuğdiruvçi şaxslarni vaqtinça izolyatsiyalaş va reabilitatsiya qiliş uçun har bir tuman (şahar) soğliqni saqlaş muassasalarida alohida xonalar (huşyorxona) ajratiş.