2019 yilda AQŞ Özbekistonga sarmoya kiritiş uçun Rossiya bilan faol raqobatlaşmoqçi, deya hisoblaydi Amerikaning Stratfor tahliliy markazi ekspertlari.
2019 yil böyiça Amerika siyosatining ayrim qirralariga bağişlangan materialda xabar berilişiça, Markaziy Osiyoda AQŞ uçun aynan Özbekiston eng köp qiziqiş uyğotadi.
«Iqtisodiy jabhada Vaşington butun Markaziy Osiyo, xususan, Qozoğiston va, ayniqsa, Özbekiston kabi mamlakatlarda iqtisodiy aloqalarni yaxşilaşga intiladi», - deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, Özbekiston soyadan çiqmoqda, buni köplab mamlakatlar öz ta'sirini kuçaytiriş imkoniyatlari sifatida köryapti.
«Moskvaning Özbekiston bilan iqtisodiy aloqalari ösib borayotganidan xavfsirab, AQŞ rasmiy şaxslari iqtisodiy va investitsiyaviy bitimlar jihatidan Rossiya bilan raqobatlaşiş istagi haqida ma'lum qildilar», - deya eslatadi agentlik.
Agentlikning hisoblaşiça, Özbekiston, katta ehtimol bilan, ikki davlatdan imkon qadar köproq iqtisodiy qöllab-quvvatlov söraydi, ammo muvozanatni uşlab turadi, bu qandaydir rasmiy alyansga kiriş imkonini bermaydi.












