AQŞ Iroq ğarbida, Suriya bilan çegaradan taxminan yuz kilometr masofada ikkita yangi harbiy baza qurişga qaror qildi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.
Iroqdagi Al-Anbara viloyati mahalliy kengaşi a'zosi Farxon Duleymining sözlariga köra, birinçi baza Qaim tumanida, ikkinçi baza Ru bazasida quriladi. U bu tumanlar strategik muhim hisoblanişini va amerikalik harbiylar çegaradagi xavfsizlikni ta'minlaşda Iroq harbiylariga yordam berişini aytgan.
AQŞ prezidenti Donald Tramp ötgan haftada Suriyada IŞID ustidan ğalaba qozonilganini ma'lum qilgandi. Keyinroq esa Suriyadan AQŞ qöşinlari olib çiqib ketilişi ma'lum qilindi.












