AQŞ Gvatemala, Gonduras va Salvadorga yordam körsatmaydi, çunki bu davlatlar Vaşington uçun, jumladan muhojirlar bilan boğliq vaziyatda, “heç narsa qilmayaptilar”. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp aytib ötdi.
“Aytişlariça, Gondurasda yangi muhojirlar karvoni yiğilmoqda, ular esa bunga qarşi heç narsa qilmayaptilar. Biz uzoq yillardan beri AQŞdan foydalanayotgan bu uçta davlatga yordamni töxtatamiz”, deb yozgan Tramp.
Tramp avvalroq amerikalik qonun çiqaruvçilarga ultimatum e'lon qilib, agar Meksika bilan devor qurişga pul ajratmasalar, janubiy çegarani yopiş bilan tahdid qilgan. Çegarada devor qurilişi böyiça bahslar AQŞ kongressi vaqtinçalik byudjyetni qabul qilmagani va hukumat işining vaqtinçalik töxtaşiga olib kelgan.












