Ertami yoki keçmi rahbarlar kimnidir işdan böşatişiga töğri keladi. Bu qarorni qabul qiliş oson bölmaydi, axir vaziyatni obektiv baholaş zarur.

Aytişadi-ku, xodimni işga oliş jarayoni asta-sekin, böşatiş esa tez bölişi kerak, deb. Tadbirkor Adam Bornşteyn bu fikrga qarşi. U işdan ketkaziş töğrisidagi qarorni şoşilmasdan quyidagi jihatlarni öylab körgan holda qabul qiliş lozim, deb hisoblaydi.

Bornşteyn xodimning kompaniyaga kerakliligini uçta xususiyat böyiça baholaşni taklif etadi.

Samaradorlik

Bu xodim umumiy işga qanday hissa qöşyapti?

Samarali xodim nafaqat rahbar tomonidan belgilangan vazifalarni bajaribgina qolmay, bundan-da köproq işlarni ham amalga oşiradi. Odatda minimal hissa yetarli emas. Aynan u tufayli köplab kiçik bizneslar uç yilning içida kasodga uçraydi.

“Men aytgan işnigina bajaring” munosabati kompaniyani jar yoqasiga olib borişi mumkin. Yaxşisi xodimlarga biznes rivoji uçun nimani amalga oşirişlarini kutayotganingizni taxminan tuşuntiring va bundan-da köproğini kutişingizni bildiring. Agar örnatilgan çegaralardan çiqsangiz, raqobatbardoş afzallikka ega bölasiz. Muvaffaqiyat uçun imkoniyatlar çegarasidan biroz bölsa-da çiqiş kerak.

Samaradorlik va imkoniyatlar

Xodim kompaniya işini yaxşilaşda qanday yordam beryapti?

Agar xodim kompaniya işini rivojlantirişda iştirok etmayotgan, unga yangi imkoniyatlar qöşmayotgan bölsa, balki bunday xodim nima uçun zarurligi borasida öylab köriş kerakdir?

Şaxsiy jihatlar

Xodim jamoadagi muhitga qanday ta'sir qiladi?

Xodimning şaxs sifatidagi qadri, sanab ötilayotgan biznes jihatlar kabi muhim. Balki hurmat, odamlar bilan muloqot qiliş va ğamxörlik hisobotlaringizda aks etmasa ham, aslida ular kompaniyaning içki va taşqi faoliyati hamda ösişiga sezilarli ta'sir körsatadi.

Ana şu uç jihatga mos kelmaganda xodimni işdan böşatişingiz kerakmi? Agar unda hatto bittasi yetişmasa ham bunday xodimni kompaniyada olib qolib tavakkalçilikka yöl qöyyapsiz. Agar xodim yuqoridagi talablarga javob bersa, vazifangiz — u munosib lavozimni egallaşi uçun barça şaroitni yaratib beriş.