DW xabariga köra, Mers 13-oktabr kuni Berlinda Germaniya iş beruvçilar uyuşmalari federal birlaşmasi - BDA taşkil etgan «Iş beruvçilar kuni» tadbirida sözga çiqqan.

Kanslerning fikriça, iş vaqtini moslaşuvçan taşkil etiş korxonalarga ham, xodimlarga ham yangi imkoniyatlar yaratadi.

«Xalqaro korxonalar bor, ularda ketma-ket 12 soat işlaşadi. Haftasiga uç marta, keyin esa - yetarli», - degan Mers.

Uning bahosiça, bunday tartib xodimlarga oilasi uçun köproq vaqt ajratiş imkonini beradi. Kansler sakkiz soatdan ortiq işlaşni har doim ham ekspluatatsiya deb baholab bölmasligini, bu korxona va xodimlarga iş vaqtini qulay taqsimlaş imkoniyatini berişi mumkinligini aytgan.

Mers hukumat iş vaqtiga moslaşuvçan yondaşuvni nazarda tutuvçi qonun loyihasini allaqaçon tayyorlaşi kerak bölganini taʼkidlagan. Rejaga köra, hujjatda iş soatlarining kunlik emas, haftalik maksimal çegarasi belgilanadi. Bu turli iş jadvallarini şakllantirişga yöl oçişi kutilmoqda.

Kansler, şuningdek, korxonalarga xodimlar bilan muddatli mehnat şartnomalari tuziş uçun kengroq imkoniyat beriş va yuqori lavozimdagi menejerlarni işdan böşatiş tartibini soddalaştiriş tarafdori ekanini bildirgan.

Qonun loyihasining yakuniy tahriri bilan Germaniyaning yangi mehnat va ijtimoiy masalalar vaziri Aleksander Şvayser şuğullanişi kutilmoqda. Prezident Frank-Valter Ştaynmayer uni 13-oktabr kuni mazkur lavozimga tayinlagan.

Ilgari Reynland-Pfals yeri hukumatiga rahbarlik qilgan Şvayser oldida pensiya islohotini amalga oşiriş vazifasi ham turibdi.

Avvalgi vazir Berbel Bas oğir şaxsiy holatlar sababli hukumat va partiyadagi vazifalarini töliq bajara olmayotganini bildirib, 12-oktabrdan mehnat vaziri hamda Sotsial-demokratik partiya hamraisi lavozimlarini tark etişini eʼlon qilgan edi.