Odam bolalikdan xursandçiligini töplab borsa, zöriqişni yaxşi yengişi haqida bilarmidingiz? Masalan, bolalikda şokoladni darhol yeb qöymay, bölaklarga ajratib bir hafta davomida iste'mol qilgan bölsangiz, aynan mana şunday odamlar toifasidansiz.

Foto: Unsplash

Biror könikma odatga aylanişi uçun miyaga 66 kun kerak böladi. Şunday ekan, töğri ovqatlanişga ötişga qaror qilgan bölsangiz, bu könikma mustahkamlanişi uçun ikki oydan ortiq vaqt talab etiladi.

Odamda bölişi mumkin bölgan döstlarning maksimal soni - 50

Biz vaziyatni emas, özga insonni ayblaşga odatlanganmiz. Biroq biz bilan biror voqea sodir bölsa, özimizni oqlaş uçun mos keluvçi bahona izlaymiz. Eslab köring, döstlaringizdan biri uçraşuvga keç qolsa, uni xayolingizda tartibsizga çiqarasiz. Biroq bu holatga özingiz tuşsangiz, köçadagi tirbandlik yoki sekin yurgan avtobus aybdor böladi. Mazkur xulq-atvor “atributsiyaning fundamental xatosi” deb nomlanadi. Nohaq ekanimizni tuşunsak-da, baribir uşbu usulni qöllayveramiz.

Baxtni kutiş holatidagi odam ijobiy hislarni köproq boşdan keçiradi. Olimlar hayotdagi ulkan hodisani kutiş juda yorqin va tuyğular bilan keçişini aniqlaşgan. Orzu qilingan hodisalar haqiqatga aylanganida ança xotirjamlik bilan qabul qilinadi.

Odamlar xatar va oziq-ovqat yonidan e'tiborsiz ötib ketolmasligi aniqlangan. Heç kuzatganmisiz, yöl hodisasi sodir bölgan joyda kuzatuvçilar soni doim köp? Yoki dökondagi eng köp navbat kutiş qatori yangi pişiriqlar bölimida böladi. Demak, bu miyamizning odamning eng asosiy ehtiyoji – ovqat va xavfsizlikka nisbatan tabiiy reaksiyasi.

Eng oxirida esa eng taniqli fakt: miyamiz uxlayotganimizda ham işlaydi.