Neuralink oğir nutq buzilişlari bölgan odamlarga muloqot qilişda yordam berişga möljallangan texnologiyasining yangi imkoniyatlarini taqdim etdi. Ular orasida miya signallari orqali telefonda suhbatlaşiş, Grok sunʼiy intellekt agentini xayolan aytilgan buyruqlar bilan boşqariş hamda nutqni taniş tizimini qölda işga tuşirmasdan muloqot qiliş funksiyalari bor.

Yangi imkoniyatlar VOICE klinik tadqiqotining köngilli iştirokçilaridan biri yordamida namoyiş etildi. Uşbu tadqiqotning maqsadi gapiriş qobiliyatini yöqotgan odamlarga yana muloqot qiliş imkonini berişdan iborat.

Barça işlanmalar tajriba bosqiçidagi «miya - kompyuter» interfeysiga (BCI) asoslanadi. Bu texnologiya insonning gapiriş niyati bilan boğliq neyron signallarini sözlarga aylantiradi. Şu tariqa foydalanuvçi xayolan aytgan sözlar matn yoki qurilma hosil qilgan ovoz şaklida ifodalanişi mumkin.

Namoyiş etilgan imkoniyatlardan biri şu usulda şakllantirilgan nutqni iPhone’dagi telefon qönğiroğiga bevosita uzatiş böldi. Alohida muloqot ilovasidan foydalaniş örniga, tizim sunʼiy hosil qilingan nutqni telefon mikrofonining audio oqimiga yönaltiradi. Natijada qönğiroqning narigi tomonidagi suhbatdoş qurilma şakllantirgan ovozni eşitadi.

Sinov davomida köngilli iştirokçi uşbu texnologiya yordamida rafiqasi bilan telefonda gaplaşdi. Neuralink taʼkidlaşiça, ularning munosabatlari ham bir vaqtlar aynan telefon suhbatlaridan boşlangan. Şu bois bu namoyiş juftlik uçun alohida ahamiyat kasb etgan.

Yana bir funksiya Grok sunʼiy intellekt agentini xayolan berilgan buyruqlar orqali boşqariş imkonini beradi. Foydalanuvçi avval «Salom, Neuralink» iborasini xayolan aytadi, keyin esa bajarilişi kerak bölgan vazifani ifodalaydi. Şundan söng agent kompyuterda tegişli topşiriqni mustaqil bajaradi.

Kompaniya bu integratsiyani miya-kompyuter interfeyslari insonning sunʼiy intellekt tizimlari bilan yanada bevosita işlaşiga qanday yordam berişi mumkinligini körsatuvçi dastlabki namoyişlardan biri deb atadi.

Neuralink, şuningdek, neyron signallari orqali nutq faolligini avtomatik aniqlaydigan tizimni işlab çiqdi. U tadqiqot iştirokçisi qaçon gapirişga urinayotganini mustaqil ravişda belgilaydi.

Avval foydalanuvçilar nutqqa aylantiriladigan neyron faollikni qayd etişni boşlaş va töxtatiş uçun tugma bosişi kerak edi. Yangi tizim esa gapirişga urinişni özi aniqlab, signallarni sözlarga aylantiriş jarayonini avtomatik boşlaydi yoki töxtatadi.