Qörquv bolani ikki xil yölga boşlaşi mumkin

Mentalitetimizda bola kimdandir qörqişi kerak, degan qaraş hali ham uçraydi. «Öqituvçidan qörq», «otangdan qörq», «kattalarning gapini ikki qilma» kabi tarbiya usullari köpçilikka taniş. Ammo bolalar psixologi Rozaliya Gabdulhakovaning fikriça, qörquv tarbiyaning samarali vositasi emas. Bola xatoning özi notöğri ekanini tuşunib emas, jazodan qoçiş uçun özini tuta boşlaydi.

«Bolani qörqitiş uni yaxşi xulqli qilib qöymaydi. Qörquv bolaga “bu iş notöğri” degan tuşunçani emas, “bu işni qilsam, meni jazolaşadi” degan fikrni beradi. Yaʼni bola içki masʼuliyat bilan emas, jazodan qörqqani uçun özini tuta boşlaydi. Tarbiyaning asosiy maʼnosi uni qörqqanidan emas, hurmat qilganidan öz ixtiyori bilan qilişiga erişiş – tarbiya deyiladi», - deydi mutaxassis.

Qörquvga asoslangan tarbiyaning oqibati faqat bolaning böysunuvçan bölib qolişi bilan çeklanmaydi. Mutaxassisga köra, bunday muhitda ulğaygan bola ikki xil xulq modelini şakllantirişi mumkin.

«Agressiya bilan qörqitdi degani, demak bola xavf tuğdirib boşqarilyapti degani. Katta odam baqiryapti, yerga uryapti, kaltaklayapti va bolani boşqaryapti. Qörquvga asoslangan tarbiya bolada ikki xil xulq modelini şakllantirişi mumkin. Bittasi qörqib, hamma narsaga itoat qilib, özini fikrini ayta olmaydigan, ikkinçisi şu agressorning xulqini köçirgan bola. Yaʼni norozi paytida özi xohlaganini majburlab, qörqitib erişadigan bola bölib şakllanişadi. Bolaning temperamentiga qarab şu xulqdan biri şakllanişi mumkin”.

Yaqinda 151-maktabda bolaning temir bilaguzuk yutişi bilan boğliq voqea ham jamoatçilik muhokamalariga sabab böldi. Umuman, bulling eng köp muhokama qilinadigan makonlardan biri maktab hisoblanadi.

Bulling – biror şaxsni muntazam ravişda qasddan kamsitiş, qörqitiş, haqoratlaş yoki unga nisbatan jismoniy va psixologik bosim ötkaziş. Bulling maktab, iş joyi yoki internet muhitida yuz berişi mumkin.

Buller – bullingni amalga oşirayotgan, yaʼni boşqalarga nisbatan muntazam ravişda bosim, tahdid yoki kamsitiş qilayotgan şaxs hisoblanadi.

2022-yilgi PISA maʼlumotlariga köra, Özbekistonda kamida har yetti öquvçidan biri maktabda özini xavfsiz his qilmagan. Öquvçilarning 14 foizi sinfda, 20 foizi esa koridor, oşxona yoki hojatxona kabi maktabning boşqa hududlarida özini xavfsiz his qilmaganini bildirgan. Bunday muhit bolaning ruhiy holatigagina emas, uning taʼlim natijalari va maktabga munosabatiga ham taʼsir qilişi mumkin.