Özimiz bilan gaplaşişimiz aqldan oziş yoki yolğizlik belgisi emas, aksinça, bir qator kognitiv va öz-özini tartibga soliş funksiyalarini bajarişi mumkin, deb xabar berdi Blikk.

Naşrning tuşuntirişiça, bu odat vazifani bajariş bosqiçlarini tartibga solişga, diqqatni jamlaşga yoki nima qilmoqçi ekanimizni özimizga eslatib turişga yordam beradi.

Qayd etilişiça, vazifalarni ovoz çiqarib aytiş öziga xos yönaltiruvçi vazifasini ötaşi mumkin. Masalan, agar biror kişi uyni yiğiştirayotganda yana nimalar qiliş kerakligini birma-bir sanab tursa, unga harakatlar ketma-ketligiga rioya qiliş osonlaşadi va keyingi qadamni unutib qöyiş ehtimoli kamayadi.

Tadqiqotlarga köra, bu odat muayyan vazifalarni bajarişda kognitiv qobiliyatlarni ham yaxşilaşi mumkin.

Biroq bu hali hammasi emas, çunki özi bilan suhbatlaşiş hissiyotlarni tartibga solişda ham muhim rol öynaşi mumkin.

Öz-öziga gapirişga bağişlangan tadqiqotlarga köra, töğri tanlangan sözlar, masalan, ijobiy yoki ruhlantiruvçi sözlar iş samaradorligini oşirişi va hatto stressli vaziyatlarni yengib ötişga yordam berişi mumkin.

Şunday qilib, uy yumuşlarini bajariş paytida ovoz çiqarib öylaş ğalati odat emas, balki öz-özini tartibga soliş va vazifalarni taşkillaştirişning kundalik şakllaridan biridir.