2018 yilda majburiy obuna masalasi internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda juda köp muhokama qilingan mavzulardan biri böldi.

Töğrisi, bu mavzuda özbek jurnalistlari göyoki ikkiga bölindi. Bosma matbuot vakillari gazetalarga obuna doimgidek, ma'muriy riçaglarni qöllab, majburlab ötkazilişi kerakligini aytişsa, internet saytlari jurnalistlari majburiy obunaga çek qöyiş lozimligini ta'kidlaşdi. Televideniye, radio vakillari bu bahsga aralaşmasdan uni jim kuzatişdi, xolos.

Oçiğini aytiş kerak, bu bahs jurnalistlar örtasida turli tuşunmovçilig-u ayrim keskinliklarni keltirib çiqargani ham bor gap. Örtadagi ahillikka biroz putur yetgandek ham böldi. Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda oçiqça tortişuvlarga şaxsiy qaraşlar ham aralaşganiga guvoh böldik. Majburiy obunani tanqid qilgan internet saytlari jurnalistlari obuna mavsumida gazetalar tahririyatlarining köziga «katta duşman» bölib körindi.

Matbuotda ham, internet saytlarida ham faoliyat yuritayotgan jurnalistlarga biroz qiyin böldi. Fikr bildiriş qaysi bir tomon uçun «qurbon» böliş bilan barobar edi. Ha, aslida ham şunday böldi. Internet saytlarida maqolalari e'lon qilinib turgan matbuot sohasi vakillarining ayrimlari bu bahs ortidan jabr ham kördi. 

Bahs şu darajaga borib yetdiki, ba'zi xalqaro saytlarda majburiy obuna masalasi yozilsa, ma'lumot e'lon qilinsa, aybni aynan internet saytlariga maqola yozib turadigan matbuot sohasi vakillariga «içimizdagi duşman» qabilida oçiqçasiga ağdarib ham qöya qolişdi. 

Ikki tomon ham obuna mavsumida öz fikrlarini yetarliça asosladi. Bugungi kunga kelib esa «ğalvir suvdan kötarildi». Mavsum davomida majburiy obunaga töliq çek qöyildi, deb aytib bölmaydi. Ayrim mansabdor şaxslarga şu masala ortidan çoralar ham körildi. Ba'zi tahririyatlar esa turli mukofotlar evaziga gazeta obunasini taşkil qilişdi.

Xöş, yakunda ahvol nima böldi? Tan olib aytiş kerak, markaziy va viloyat hokimliklari naşrlari «amallab» özlarini qoniqtiradigan adadga ega bölişdi. Ammo köpgina tarmoq va tuman gazetalarida ahvol açinarli. Ayrimlarining obunadan tuşgan mablaği yillik xarajatlariga ham yetmaydi. Ayrimlariniki esa butunlay oğir ahvolda. 

Balki şunday bölgani ham töğridir. Endi faqat obuna uçun emas, gazeta saviyasini kötarişga harakatlar boşlanadi. Saviyali gazeta uçun esa majburiy obuna şart emas. 

Bu davrni gazeta naşrlari uçun öziga xos «ötiş» davri deb atagan ma'qul. Saragi sarakka, puçagi puçakka çiqadi.

Ayni davrda eng töğri yöl naşrlarni ham gazeta, ham onlayn holatiga ötişidir. Barça naşrlar öz saytlariga ega bölişi eng maqbul yöl. Şu yöldan borayotgan naşrlar ham talaygina. Töğri, respublikaning barça hududida internet orqali yangiliklardan xabardor böliş imkoniyati yöqdir, ammo bunday joylarga gazeta yetib boradi. Ya'ni naşrlar öquvçi qanday xohlasa, xabarlarni şunday körinişda taqdim eta olişi kerak. Onlayn öquvçilarga mana sayt, gazeta öquvçilarga esa marhamat, deya gazeta tutqaza olişi kerak. 

Tumanlarda gazeta obunasi oğir ahvolda qolayotgan bölsa, ularni mahalliy byudjyet hisobidan ta'minlaş eng töğri yeçim. Sababi, heç qaysi tuman hokimligi öz naşri yopilib ketişi, tuman öz gazetasisiz qolişini istamasa kerak. Sifat bölmasa ham, har holda sanoqda bölib turadi.

Gazetalarni öz vaqtida yetkazib beriş masalasi esa alohida mavzu. Bu jarayonda ham yaqin vaqtda «inqilob» bölişi şubhasiz, xuddi majburiy obuna masalasidek.

Bu mavzuda yana köp fikrlar aytişdan yiroqman. Obuna mavsumi davrida menimça, ikki tomondan ham barça fikrlar aytildi.

Matbuot uçun şunday «ötiş davri» qaçondir baribir bölişi kerak edi. Buyoğiga matbuot rivojlanişning yangi bosqiçiga qadam qöygan bölsa, ajabmas. 

Muhimi, bundan faqat özbek jurnalistikasi yutadi. 

Bardoşbek SAMAD öğli.