Zangiota tumanida uyini isitmoqçi bölgan xonadon egasi vafot etgandi. Bundan ikki yil avval yuz bergan voqea tafsilotlarini Özbekiston yonğinga qarşi kuraş jamiyati rahbari Alişer Hasanov Kun.uz'ga aytib berdi.
«Uy egasi köçadagi nomutaxassis kişi «mörining oğzini yopib qöying, xona issiği çiqib ketmaydi», deb aytgan maslahatiga quloq tutib, barça aytilgan işni bajargan. Ertalabga qadar 3 kişi şu uyda hayotdan köz yumgan», - deydi u.
Içki işlar vazirligi 2017 yil mart oyida, deyarli Hasanov tasvirlagan holatga yaqin, baxtsiz voqeadan xabar bergandi. Unda ta'kidlanişiça, Zangiota tumanidagi xonadonlardan birida qölbola isitiş moslamasidan foydalaniş oqibatida yonğin sodir bölgan. Hodisa natijasida 15 kvadrat metr maydonda uyning tom, şift qismi va jihozlar yonib ketgan. Yonğinni bartaraf etiş payt uy egasining ham kuygan holdagi jasadi topilgani aytilgandi.
Şuningdek, 2018 yilning 22 dekabr kuni Zangiota tumanida yaşagan F.A. (ayol) uyida temir idişga kömir yoqib, nazoratsiz qoldirişi oqibatida kömir isidan zaharlanib, kasalxonaga yotqizilgan va körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.
Sönggi paytlarda uyni isitiş maqsadida kömir, ötin, ayrim hududlarda qölbola moslamalardan foydalanişda e'tiborsizlik qilgan köplab fuqarolar hayotdan köz yumdi.











