Samarqand tumanida şu yilning 2 yanvar kuni Surxondaryo viloyati Termiz şahrida yaşovçi R.J. boşqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomaşinani Yangiariq mahallasi hududidan ötuvçi “Samarqand-Qarşi” yölining 6-km.da haydab ketayotib, boşqaruvni eplay olmay şu yerdagi aylanma yöl beton tösiğiga urilib, ağdarilib ketgan.

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, natijada avtomaşina yölovçisi Ş.X. jarohat olib voqea joyida vafot etgan va qolgan uç nafar yölovçilari jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.