Farğona viloyati Oltiariq tumani IIB navbatçilik qismining 2019 yil 2 yanvar kuni soat 17:00larda bergan xabariga köra, Oltiariq tumani, “Şarq” MFY, Şarq tongi köçasidan oqib ötuvçi Söx - Şohimardonsoy kanalidan qiz jinsiga mansub şaxsi noma'lum çaqaloq murdasi topilgan.

Boş prokuratura matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berişiça, murda suvdan çiqarib olinib, viloyat sud-tibbiy ekspertiza byurosi eksperti iştirokida közdan keçirilganda, murdaning ayol jinsiga mansubligi va unda tan jarohatlari (böğiş, taşqi ta'sir natijasida öldiriş kabi belgilar) mavjud emasligi, şuningdek kindigi 3 sm.ni taşkil qilib, tibbiyotga xos bölmagan usulda kesilgan va boğlanmaganligi aniqlangan.

Viloyat sud-tibbiy ekspertiza byurosining 2019 yil 2 yanvardagi dastlabki ma'lumotnomasiga köra, çaqaloq murdasi suvda taxminan 10 kun qolib ketganligi, içki tana a'zolari tekşirilganda, uning oşqozonida sut qoldiği topilmagan, murdaning ölim sababi, tuğilganidan söng yaşaganligi, suvga tirik yoki ölgan holatda tuşganligi kabi holatlar sud-gistologiya tekşiruvi natijasiga köra aniqlanişi qayd etilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tuman va şahar IIB, Tibbiyot hamda özini özi boşqariş organlari xodimlari keng jalb qilinib, çaqaloq va uning onasini şaxsini aniqlaşga qaratilgan çoralar körilmoqda.

Mazkur holat ustidan Boş prokuratura nazorati örnatilgan.