2019 yilning 15 yanvaridan Germaniya fuqarolari uçun 30 kunga vizasiz rejim tizimi yölga qöyiladi. Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmatining xabar berişiça, ikki mamlakat örtasidagi madaniy, ilmiy va ta'lim almaşinuvlarini mustahkamlaş maqsadida şunday qaror qabul qilingan.
Ma'lumotlarga köra, GFRdan Özbekistonga taşrif buyurgan sayyohlar soni 2016 yilda - 4889, 2017 yilda – 7207 kişini taşkil qilgan bölsa, 2018 yilda ularning soni 2,5 baravarga oşib, 18 094 kişiga yetdi.
Germaniya fuqarolari uçun vizasiz rejimning örnatilişiga şuningdek e-visa ma'lumotlari ham xizmat qilgan. 2018 yil 28 dekabr holatiga köra, Germaniyaning 1089 fuqarosi Özbekistonga kiriş vizasini rasmiylaştirgan va fuqarolari mazkur dasturdan foydalangan mamlakatlar orasida 10-örinni egallagan.
Ta'kidlaş joizki, 2018 yilning 10 fevralidan qator uzoq xorijiy mamlakatlar fuqarolari uçun vizasiz rejim joriy qilingan.












