Sport | 08:34 / 04.01.2019
9405
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa futbolida 2018 yilning eng yaxshi braziliyalik futbolchisi e'lon qilindi

Foto: AFP

«Liverpul» hujumchisi Roberto Firmino «Samba Gold 2018» mukofoti sohibiga aylandi.

Ushbu sovrin Yevropada to‘p suruvchi eng yaxshi braziliyalik futbolchiga beriladi. G‘olib nomi jurnalistlar, futbolchilar va internet-foydalanuvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovnoma natijasida aniqlanadi.

Ovoz berish jarayoni quyidagi natijalarni taqdim etdi:
1. Roberto Firmino – 27,79%
2. Marselo – 20,51%
3. Neymar – 18,67%
4. Alisson – 16,39%

Ta'sischilarning qayd etishicha, «Samba Gold» ikkinchi marotaba «Liverpul» futbolchisiga nasib etmoqda. 2016 yilda «qizillar»dan Filipe Koutino Yevropadagi eng yaxshi braziliyalik o‘yinchi deb topilgandi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid