Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 5-oktabr kuni Toşkent arxitektura-quriliş universiteti faoliyati bilan tanişdi.
«Hozirgi kunda oliygohda 4 ta taʼlim yönalişi böyiça ön mingga yaqin talaba tahsil olmoqda. Universitet maʼmuriy boşqaruv, öquv va ilmiy jarayonlarga raqamli texnologiyalarni faol joriy etmoqda. Dual taʼlim rivojlantirilib, ilmiy işlanmalar tijorat loyihalariga, talabalar şaharçasi esa ilğor innovatsion yeçimlar maydoniga aylantirilmoqda.
Yurtimiz şaharlari zamonaviy va yaşil makonga öz-özidan aylanib qolmaydi. Buning uçun keng fikrlaydigan, noanʼanaviy ğoyalarni ilgari suradigan, ekologik barqaror arxitektura va muhandislik yeçimlarini işlab çiqadigan hamda ularni amaliyotga tatbiq eta oladigan yangi avlod arxitektorlari, loyihaçilari va muhandislarini tarbiyalaş juda muhim», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.




















