Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro dunyodagi eng yuqori maoş oluvçi murabbiylar qatorida körsatildi.
Transfermarkt portali reytingda italiyalik mutaxassisning Özbekistondagi yillik maoşi 4 million yevro deb qayd etilgan. Bu körsatkiç bilan Kannavaro röyxatda 5-örindan joy olgan.

Undan yuqorida Braziliya milliy jamoasi boş murabbiyi Karlo Ançelotti - 10 mln yevro, Germaniya ustozi Yurgen Klopp - 7 mln yevro, AQŞ boş murabbiyi Maurisio Poçettino - 6,1 mln yevro va Angliya ustozi Tomas Tuxel - 6 mln yevro bilan körsatilgan.
Şuningdek, Portugaliya milliy jamoasi boş murabbiyi Jorje Jezuş ham Kannavaro bilan bir xil - 4 mln yevro maoş olişi qayd etilgan.
Reytingdan Özbekiston boş murabbiyining maoşi Fransiya ustozi Zinedin Zidan (3,6 mln yevro), Niderlandiya boş murabbiyi Xavi (2,5 mln), Argentina ustozi Lionel Skaloni (2,3 mln), Turkiya boş murabbiyi Vinçenso Montella (2,2 mln) va Italiya ustozi Roberto Mançini (2 mln yevro) maoşidan yuqori ekani maʼlum bölmoqda.
Biroq bu yerda muhim jihat bor: Kannavaroning milliy jamoadagi maoşi Özbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan heç qaçon rasman eʼlon qilinmagan. Aksinça, ÖFA vitse-prezidenti Ravşan Ermatov 2025-yil oktabrida Kannavaro va uning ştabi yiliga 4 mln yevro olişi haqidagi xabarlarni rad etgan va aniq summa murabbiy bilan kelişuvga köra oşkor qilinmasligini aytgan.
Qolaversa, Kannavaroning özi ham keyinçalik «Mening yillik maoşim 4 mln yevro emas», deb bu raqamni oçiq rad etgan.
Transfermarkt - 2000-yilda Germaniyada taşkil etilgan yirik futbol axborot portali. Unda futbolçilar, murabbiylar va klublar haqida maʼlumotlar, transferlar, statistika, öyinlar natijalari hamda futbolçilarning taxminiy bozor qiymatlari jamlanadi. Portalning bozor qiymati kabi ayrim körsatkiçlari rasmiy narx emas, balki umumiy baholaş asosida şakllantiriladi.

















