Kongratbay Avezimbetoviç Şaripov Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi, deb xabar berdi Kun.uz manbasi. Bunga qadar u 2024-yil fevral oyidan beri Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida işlab kelayotgan edi.

Eʼzozxon Gapirjanovna Karimova Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar berdi Kun.uz manbasi. Bunga qadar u 2025-yil avgustdan beri Maktabgaça va maktab taʼlimi vaziri lavozimida işlab kelayotgan edi.

Hozirça uşbu tayinlovlar haqida rasman eʼlon qilinmadi.
Eslatib ötamiz, şu yil oktabr oyi boşida prezident farmoni bilan Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Taʼlim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta taşkil etilgan edi. Hozirça yangi vazirlikka kim rahbar bölişi eʼlon qilinmadi.
















