Estoniya Rossiyaning ehtimoliy bosqinidan himoyalanişga hozirlik körib, elita qöşinlarini Rossiya çegarasiga yaqinroq köçirmoqda va uzoq masofaga zarba beruvçi qurollarni xarid qilmoqda. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

Estoniya qurolli kuçlari va razvedkasi rahbariyati Moskva NATO bilan - heç bölmaganda yaqin ikki yil içida - keng kölamli uruş olib borişga intilmoqda deb hisoblamaydi, biroq Rossiya kelgusida yuz berişi mumkin bölgan töqnaşuvga tayyorgarlik körmoqda degan fikrda.

«Tiyib turiş mexanizmi iş bermayapti. Uşbu muammoni hal qiliş uçun öta muhim pallaga kelyapmiz - bu ham biz uçun, ham barça Boltiqböyi mamlakatlari uçun yaqin bir-tört yil içida boşlanadi», - dedi Estoniya harbiy razvedkasining yuqori martabali vakili.

Estoniyaning asosiy harbiy bazasi bölgan Tapadan saralangan qismlar hozir doimiy asosda şarqroqdagi - Rossiya çegarasiga yaqinroq joylaşgan pozitsiyalarga köçirilmoqda.

Yixvidagi yangi bazadan taşqari, Narvaning özida ham 1000 nafargaça harbiy xizmatçini joylaştirişga möljallangan baza bunyod etilmoqda: u 200 askarning doimiy turişi uçun möljallangan, biroq inqirozli vaziyat yuz berganda yana 800 kişini öz bağriga siğdira oladi.

Şuningdek, sönggi bir yil içida Estoniya Amerikaning 300 km masofaga parvoz qiluvçi M57 ballistik raketalarini öz içiga olgan töqqizta HIMARS yoppasiga öt oçiş reaktiv tizimini hamda xuddi şunday masofaga uça oladigan Janubiy Koreyaning töqqizta Chunmoo tizimini xarid qiliş böyiça şartnoma imzoladi. Bunda Tapadan Sankt-Peterburggaça bölgan masofa 260 km ni taşkil etadi.

FT naşrining yozişiça, avvalroq Estoniya harbiy rejalaştiruvçilari mamlakatning tarixiy va geografik xususiyatlarini hisobga olgan mudofaa doktrinasini işlab çiqqan edi. Uşbu strategiyaga köra, Rossiya bostirib kirgan taqdirda, çaqiruv böyiça töplangan qöşinlar tezkor safarbarlik ötkazib, NATO qöşimça kuçlari yetib kelguniga qadar partizanlik uruşini olib borişi va duşman kuçlarini holdan toydirişi lozim.

Biroq Rossiyaning Ukrainadagi xatti-harakatlarini tahlil qilgan Estoniya harbiy rahbariyati bunday reja naf bermaydi degan xulosaga keldi. Endi ular Kreml yöqotişlar bilan hisoblaşmaydi degan fikrda. Estoniyada, şuningdek, rossiyalik harbiylar marralarni egallab olgaç, ularni qaytarib bermasdan, hatto hududdagi barça narsa yer bilan yakson qilingan bölsa ham, uni öz nazoratida uşlab turişda davom etayotganiga eʼtibor qaratildi.