2018 yil 26 dekabr kuni Qirğiziston sobiq boş vazir Sapar Isoqovga Bişkek IEMni modernizatsiya qiliş işi böyiça «Korrupsiya» moddasi böyiça yakuniy ayblov qöyildi.
Tazabek’ga uning advokati Nurbek Toktakunovning xabar berişiça, S.Isoqov Qirğiziston Respublikasi Jinoyat kodeksi 303-moddasi ikkinçi qismi (uyuşgan jinoiy guruh, jinoiy uyuşma manfaatlarini közlab qilingan yoki boşqa oğir oqibatlarga olib kelişi mumkin bölgan qasddan sodir etilgan harakat, mulkni musodara qiliş va 15 yildan 20 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi) bilan ayblanmoqda.
Advokatning sözlariga köra, Sapar Isoqov Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi tergov hibsxonasida 2019 yil 13 fevralgaça qoladi.
«Ayblov çözilib ketgan, sababi ular pul mablağlarini ötkaziş töğrisida heç qanday dalil topolmadi. Ular oddiygina virtual hisob-kitob qilib, 2016 yilgi Rossiya narx katalogini olişdi. Natijada 111 million dollar kelib çiqdi. Ya'ni, oddiygina matematik hisoblaş orqali aniqlaşdi, çunki ular heç qanday moddiy dalilga ega emaslar», - deydi N.Toktakunov.
Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, 2018 yilning 31 dekabrida S.Isoqovga Tarixiy muzeyni ta'mirlaş böyiça ham ayblov qöyildi.
«Bu alohida jinoiy iş. Qirğiziston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga binoan ular bir işga qöşilişi kerak, biroq işlarni alohida-alohida sudga yuborişmoqçi. Bu notöğri, sababi tergov bosqiçida ular bitta işga birlaştirilişi lozim. Biz köproq ayblovlarni kutmoqdamiz», - deya qöşimça qilib ötdi u.
Avvalroq, 2018 yil 30 noyabr kuni Bişkekning Pervomayskiy tuman sudi sobiq boş vazir Sapar Isoqovni 2019 yil 5 yanvarga qadar hibsda qoldiriş haqida qaror çiqargandi.
Ma'lumot uçun: Qirğiziston sobiq boş vaziri Sapar Isoqov 2018 yil 5 iyun kuni qölga olindi. Mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qömitasi S.Isoqovga Qirğiziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 303-moddasi 1-qismi (korrupsiya) bilan ayblov qöydi.












