Amerika Qöşma Ştatlari Venesuelada tinçlik va barqarorlikka putur yetkazmoqçi, şuningdek, mintaqadagi davlatlarni Karakasga qarşi qayramoqda, deb hisoblaydi Venesuela rasmiylari.  Bu haqda yakşanba kuni Janubiy Amerika mamlakatining Taşqi işlar vazirligi tomonidan e'lon qilingan bayonotda bildirildi.

«Venesuela Bolivar Respublikasining hukumati xalqaro hamjamiyatga ma'lum qiladiki, Venesuela davlatining qonuniy va demokratik institutlarini tan olmagan holda, prezident Nikolas Maduroning qonuniy va demokratik boşqaruviga qarşi AQŞ tomonidan davlat töntarişini taşkil etişga qaratilgan yana bir uriniş röy berdi», - deyiladi hujjatda.

Karakasga köra, Vaşington «Venesuela xalqiga qarşi qamalni kengaytiriş» uçun «mintaqada unga böysunadigan hukumatlarga buyruq» bergan.

Davlat departamentining matbuot xizmati rahbari örinbosari Robert Palladino, şanba kuni, «AQŞ Venesuela milliy assambleyasini (bir palatali parlament) mamlakatdagi yagona qonunçilik institutini sifatida» tan olişini ma'lum qilgandi. Uşbu qonun çiqaruvçi organ Maduroga qarşi siyosiy muxolifat nazorati ostida, ammo u bir neça yil davomida qarorlarni qabul qiliş jarayonidan çetlatilgan.

2017 yilning iyul oyida Venesuelada davlat rahbarining qarori bilan Konstitutsiya majlisi çaqirildi, unda heç qanday muxolifat vakillari iştirok etmaydi. Mintaqadagi aksariyat davlatlar buni tan olişmaydi.

Juma kuni, Meksikadan taşqari «Lima guruhi»ning a'zolari, Maduroning yangi prezidentlik muddatini tan olmaganini e'lon qildi. Maduro esa joriy yilning 10 yanvar kuni yana Venesuela prezidenti lavozimini egallaydi. Tegişli hujjatni Argentina, Braziliya, Gayna, Gvatemala, Gonduras, Kanada, Kolumbiya, Kosta-Rika, Panama, Paragvay, Peru, Saint Lucia va Çili vakillari imzoladi. Ular Maduroni davlat rahbari lavozimini egallamaslik va ijro etuvçi hokimiyatni Milliy Assambleyaga topşirişga çaqirişdi.