Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanida 2019 yil 6 yanvar kuni taxminan soat 19-20lar oraliğida noma'lum haydovçi davlat raqamlari aniqlanmagan kulrang  “Neksiya” rusumli avtomaşinani “Esat-Tanxoz” yölining 26-km.da haydab ketayotib, piyoda, Yangiobod MFYda yaşagan 83 yoşli X.P.ni urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan. 

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, natijada X.P. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Uşbu yöl-transport hodisasini sodir etgan noma'lum haydovçini aniqlaş va uşlaş çoralari körilgan. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Hurmatli fuqarolar, agar orangizda uşbu holatga guvoh bölganlar, haydovçi va avtomaşina haqida biron-bir ma'lumotga ega insonlar bölsa, içki işlar organlarining hududiy bölimlariga murojaat qilişingizni yoki “102” telefon raqamiga qönğiroq qilib, xabar berişingizni söraymiz», - deyiladi IIV xabarida.