2019 yilning 8 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri örinbosari Dilşod Axatov Xitoy Xalq Respublikasi favqulodda va muxtor elçisi Szyan Yan bilan uçraşdi.

TIV xabariga köra, suhbat çoğida Özbekiston – Xitoy munosabatlarining dolzarb jabhalari muhokama qilindi. Şuningdek, 2019 yilga möljallangan qöşma tadbirlarning jadvali borasida ham fikr almaşildi.

Uçraşuvda Özbekiston delegatsiyasining «Bir makon, bir yöl» ikkinçi xalqaro forumida iştirokiga oid amaliy masalalarga alohida e'tibor qaratildi.