JARning ma'muriy poytaxti Pretoriyada ikkita yölovçi poyezdi töqnaşuvi oqibatida 4 kişi halok böldi, 600 dan köproq odam jarohat oldi. Bu haqda 8 yanvarda The Citizen naşri xabar berdi. 

Ma'lum qilinişiça, ikkita lokomotiv Pretoriya yaqinidagi Mountain View stansiyasida soat 10 lar atrofida töqnaşib ketgan.

Töqnaşuv vaqtida poyezdlarda 800 ga yaqin odam bölgan. Poyezdlardan biri töqnaşuv oqibatida izlardan çiqib ketgan. 

Falokatga nima sabab bölgani hozirça noma'lum bölib qolmoqda. Ma'lum qilinişiça, poyezdlardan biri stansiya platformasida turganda ikkinçisi unga kelib urilgan. Ikkala poyezd ham Mabopane stansiyasidan Pretoriyaga yöl olayotgan bölgan.

Voqea sabablari aniqlaştirilmoqda.