Nissan avtomobil konsernining sobiq rahbari Tokiodagi qamoqxonada kasal bölib qoldi, uning işi böyiça söroqlar vaqtinça töxtatildi. Bu haqda Kyodo agentligi işbilarmonning advokatlariga tayangan holda xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, Karlos Gonning tana harorati kötarilib ketgan. Şifokor unga yotoq rejimiga amal qilişni tavsiya etdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Renault-Nissan-Mitsubishi avtomobil alyansi sobiq rahbari Karlos Gon Tokio prokuraturasi tomonidan moliyaviy nayranglar böyiça öziga qöyilgan ayblovlarni yolğon, deb atagandi.
Şuningdek, uning ma'lum qilişiça, özining hibsda bölişi adolatsizlikdir.
«Menga yolğon ayblovlar qöyildi, mening hibsga olinişim adolatsizlik. Nissan’ga heç qanday zarar yetkazmaganman», - dedi Gon.












