Fransiya Milliy moliya prokuraturasi Renault—Nissan alyansining sobiq rahbari Karlos Gon hamda mamlakat madaniyat vaziri Raşida Datiga nisbatan jinoiy iş qözğatiş böyiça sörov yölladi. Le Figaröning yozişiça, prokuratura ularni korrupsiya va şaxsiy maqsadlar yölida xizmat mavqeidan foydalanişda ayblamoqda.

Idoraning qayd etilişiça, Renault—Nissan yuriskonsulti va Yevroparlament deputati sifatida faoliyat yuritgan Raşida Dati 2010 yildan 2012 yilgaça avtomobil alyansining şu’ba korxonasi hisoblanuçi RNBV kompaniyasidan 900 ming yevro olgan.

Prokuraturaga köra, Raşida Dati qölga kiritilgan mablağlar evaziga heç qanday iş qilmagan va bu pullar Yevroparlamentdagi lobbistik faoliyati uçun tölov bölgan bölişi mumkin. Şu orqali Raşida Dati xalqaro taşkilotda işlovçi fuqaro sifatida jamoatçilik işonçi va öz maveqini suiiste’mol qilgan.

Karlos Gon mazkur iş böyiça 2023 yil apreldan beri xalqaro qidiruvda. 2018 yili moliyaviy firibgarliklar işi tufayli Yaponiyadan qoçib ketgan biznesmen hozirda Livanda.

Raşida Dati ham, Karlos Gon ham Fransiya Milliy moliya prokuraturasi tomonidan ilgari surilgan ayblovlarni rad etmoqda. Datining advokatlarini ta’kidlaşiça, «prokuratura mazkur iş böyiça faqat öz tasavvurini bayon qilgan, ammo u haqiqatni anglatmaydi».

Yaponiyada moliyaviy firibgarliklarda ayblangan Gon 2018 yil kuzida hibsga olinib, 2019 yil martida garov puli evaziga ozodlikka çiqarilgandi. Unga Yaponiyani tark etiş va rafiqasi bilan muloqot qiliş taqiqlangan edi. U Yaponiyada 80 mln dollarlik daromadni yaşirişda ayblangan. Öşa yilning 31 dekabr kuni Fransiya, Braziliya va Livan fuqaroligiga ega bölgan Gon Livanga qoçib kelişga muvaffaq bölgan.