Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi “Oila – mahalla – ta'lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengaşi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi hujjat loyihasi joylaştirildi.

Nizomga köra, Jamoat kengaşining asosiy maqsadlari:

jismonan soğlom va ma'naviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalaşda oila, ota-onalar va fuqarolarning özini özi boşqariş organlarining ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda olib boradigan faoliyatini tizimli yölga qöyiş;

farzand tarbiyasida davlat va jamoat taşkilotlari hamda jamoatçilik faolligini oşiriş, ularga amaliy va uslubiy yordam körsatiş;

öquvçi va yoşlar örtasida sodir etilişi mumkin bölgan tartibbuzarlik, zöravonlik, jinoyatçilik, giyohvandlik, daydiçilik va tilançilik, diniy aqidaparastlik, missionerlik va “ommaviy madaniyat” kabi ma'naviy va axloqiy tubanlik illatlarining oldini olişda manfaatdor vazirlik, idora va mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda taşkiliy-pedagogik işlarni taşkil etiş.

Şu bilan birga maktab jamoat kengaşining asosiy vazifalaridan öquvçi yoşlarni ijtimoiy muhofaza qiliş, ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini moddiy va ma'naviy qöllab quvvatlaşdan iborat.

Jamoat kengaşining vazifalari:

oila, umumta'lim maktablari va mahalla hamkorligining samaradorligi va natijadorligini ta'minlaş;

ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi örni, majburiyati, mas'uliyati va farzandlar bilan özaro munosabatlarini mustahkamlaşga kömaklaşiş; 

ta'lim muassasalaridagi tarbiya sifatini örganiş va ularni yanada takomillaştirişga oid tadbirlarni amalga oşiriş;

öquvçi - yoşlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalaş, ongi va qalbiga vatanparvarlik, insonparvarlik, xalqparvarlik, kelajakka işonç va intiliş, mehnatsevarlik, bunyodkorlik, ma'rifatparvarlik kabi ezgu ğoyalar va fazilatlarni singdiriş, ularda faol fuqarolik pozitsiyasi va mafkuraviy immunitetni mustahkamlaş orqali zararli odatlar yöliga kirişiga sabab bölayotgan omillarga qarşi manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oşiriş;

öquvçi - yoşlarni oilaviy hayotga tayyorlaş, mahalla va jamiyatdagi özaro munosabatlarning ilk va asosiy könikmalarini şakllantiriş hamda rivojlantiriş;

öquvçi - yoşlarga nisbatan “Heç kim, heç qaçon e'tibordan çetda qolgan emas” tamoyilini joriy etiş va faoliyat davomida bu masalaga doimiy ahamiyat qaratiş;

qonunçilik talablaridan kelib çiqib ta'lim muassasalariga yaqin hududlarda alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotilişiga yöl qöymaslik böyiça jamoatçilik nazoratini örnatiş;

ta'lim muassasasida ayrim öquvçilarni kamsitiş, ularga zöravonlik qiliş holatlarining oldini oliş va bartaraf etiş böyiça işlab çiqiladigan dasturlar tayyorlanişida iştirok etiş, ularning amalga oşirilişini nazorat qiliş;

öquvçi-yoşlar va ularning ota-onalari uçun ta'lim-tarbiya faoliyatini takomillaştiriş böyiça mutaxassislarni jalb qilgan holda turli sotsiologik sörovnomalar, amaliy treninglar, master-klasslar ötkaziş, psixologik maslahatlar taşkil etiş; 

hududiy jamoat kengaşlari faoliyatini muvofiqlaştirib boriş.

Şu bilan birga maktab jamoat kengaşi quyidagi vazifalarni ham amalga oşiradi:

öquvçi - yoşlarni ijtimoiy muhofaza qiliş, ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini moddiy va ma'naviy qöllab quvvatlaş;

ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini qonunçilik hujjatlariga muvofiq bepul darsliklar bilan ta'minlaş;

ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini homiylar mablağlarini jalb etgan holda öquv qurollari bilan ta'minlaş;

ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini qonunçilik hujjatlariga muvofiq qişki boş-kiyim ajratiş böyiça buyurtmani şakllantiriş;

zaruratdan kelib çiqib, ota-onalarga farzandlarining ta'lim-tarbiya olişi uçun tegişli şart-şaroitlarni yaratişlariga kömaklaşiş maqsadida ijtimoiy ehtiyojmand oilalarni moddiy qöllab-quvvatlaş böyiça fuqarolarni özini özi boşqariş idoralariga taklif kiritiş.
 
Jamoat kengaşining huquq va vakolatlari:

faoliyati doirasida davlat va nodavlat taşkilotlardan zarur ma'lumotlarni talab etiş va taklif beriş;

mahalla, ta'lim muassasalari va taşkilotlar tomonidan taşkil etiladigan madaniy-ma'rifiy tadbirlar va yiğilişlarda iştirok etiş;

jamoat kengaşi faoliyati doirasida tegişli mutaxassislarni jalb qilgan holda konferensiya, öquv-seminar va davra suhbatlari taşkil etiş;

fuqarolarning özini özi boşqariş organlari va maktab jamoat kengaşlari faoliyatini örganiş, hamkorlik işlarini kuçaytiriş yuzasidan takliflar beriş;

ta'lim-tarbiya jarayonida erişgan yutuqlaridan kelib çiqib, öquvçilar, ota-onalar va sinf rahbarlarini moddiy va ma'naviy rağbatlantiriş böyiça maktab, mahalla va taşkilotlar boşqaruviga tavsiyalar kiritiş;

öqituvçi, öquvçi va ota-onalarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş böyiça qonunçilikda közda tutilgan tartibda iştirok etiş;

jamoat kengaşi faoliyatini obrösi haqida ğamxörlik qiliş, uning maqsad va vazifalarini, şuningdek amalga oşirgan işlarini tarğib qiliş;

ta'lim muassasasida ayrim öquvçilarni kamsitiş yoki zöravonlik holatlarini aniqlaş va tahlil qiliş işlarida faol iştirok etiş, aniqlangan holatlar yuzasidan içki işlar organlarini xabardor qiliş;

öquvçi yoşlarni ijtimoiy muhofaza qiliş, ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini moddiy va ma'naviy qöllab quvvatlaş.