1943 yilda zarb qilingan noyob mis tanga egasi ölimidan keyin auksionga qöyilmoqda. Bu haqda Fox News telekanali ma'lum qildi.
Ikkinçi jahon uruşi vaqtida AQŞda tangalar misni öq-dorilar va boşqa harbiy maqsadlarda tejaş uçun pölatdan zarb qilingan. 1943 yilda zarbxonalarda xatolik tufayli bir neçta mis tanga zarb qilib yuborilgan. Taxmin qilinişiça, bunday tangalardan 40 taça bölgan: ulardan 10-15 tasi Filadelfiyada, yana bir neçtasi San-Frantsiskoda va Denverda bir dona zarb qilingan.
AQŞ hukumati mis tangalar borligini uzoq vaqt rad etib kelgan. Bu esa aql bovar qilmas miş-mişlarga sabab bölgan. Aytişlariça, milliarder Genri Ford şunday tanga uçun yangi avtomobil berişga tayyor bölgan. 1943 yilda zarb qilingan birinçi mis tanga uruşdan keyin topilgan. 70 yildan keyin şunday tangalardan 12 ta borligi tasdiqlangan.
Ulardan biri Don Lyutes ismli şaxsda saqlangan. U bu tangani 1947 yilda maktab bufetidagi qaytim içida aniqlagan. Şundan keyin Lyutesga tangani sotib oliş istagida yongan numizmatlar tinçlik bermay qöygan. Lyutes tanga haqida köproq ma'lumot olişni istab, AQŞ moliya vazirligiga xat yozgan. Bunga javoban 1943 yilda zarb qilingan mis tangalar yöqligi ma'lum qilingan. Lyutes natijada tangani özida saqlab qolişga qaror qilgan.
2018 yil sentyabrda Lyutes vafot etgan, uning mis tangasini esa sotişga qaror qilingan. Mutaxassislarning taxminiça, tanganing narxi 1,65 mln dollargaça yetişi mumkin.
2018 yilda Amerika numizmatlar uyuşmasi jahon yarmarkasida dunyodagi eng kamyob tangalardan biri – 1913 yilda zarb qilingan 5 sentlik tanga sotuvga qöyilgan. Savdolar vaqtida tanganing narxi 4,5 mln dollargaça yetgan.












