Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 10 yanvar kuni mamlakatimiz tinçligi va jamoat xavfsizligini ta'minlaş, jinoyatçilikning oldini oliş borasidagi kelgusi vazifalarga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.

«Bugungi globallaşuv davrida yangidan-yangi tahdid va xavf-xatarlar paydo bölmoqda, jinoyatlarni sodir etiş usul va vositalari, maqsadlari özgarib bormoqda. Şularni hisobga olgan holda, mamlakatimizda keyingi ikki yilda bu masalalar böyiça 100dan ortiq hujjatlar qabul qilindi.

Xususan, içki işlar tuzilmalari isloh etildi. «Xavfsiz şahar», «Xavfsiz turizm», «Xavfsiz xonadon» tizimlari joriy etildi va 24 soatlik patrul xizmati yölga qöyildi. Bularning samarasida ötgan yili jinoyatçilikni 33 foizga kamaytirişga erişildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

«Körilayotgan çoralar natijasida fuqarolarimizda adolat va qonun ustuvorligiga işonç paydo bölmoqda. Lekin xotirjamlikka berilişga heç kimning haqi yöq, hali oldimizda qilinadigan işlar köp», – dedi davlatimiz rahbari.

Yiğilişda jinoyatçilikni jilovlaşni sifat jihatdan yangi bosqiçga olib çiqiş zarurligi ta'kidlandi. 

Masalan, Andijon viloyatining deyarli barça tumanlarida oğir turdagi jinoyatlar soni oşgan. Viloyatda ayollar jinoyatçiligining salmoği yuqori bölib, respublika körsatkiçining 8,5 foizini taşkil etgan. Qoraqalpoğistonda jinoyatçilik 31 foizga kamaygan bölsa-da, qotillik holatlari köpaygan. Namangan viloyatida ham bu borada ahvol qoniqarsiz ekanligi körsatib ötildi.

Içki işlar vazirligiga yuqoridagi masalalar böyiça vaziyatni tubdan yaxşilaş, çuqur tahlil asosida mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça «Yöl xaritasi»ni işlab çiqiş vazifasi topşirildi.

«Xabaringiz bor, ötgan yili «işlaganni – rağbatlantiriş, işlamaganni – jazolaş tizimi»ni joriy etgan edik. Bugun uni sarhisob qiladigan vaqt keldi», – degan prezident. 

Jinoyatçilikni jilovlaşda eng yuqori natijaga erişgan 10ta hudud – Şirin va Guliston şaharlari, Şahrisabz, Yangiyöl, Kegeyli, Qonliköl, Xovos, Sardoba, Mirobod, Örtaçirçiq tumanlari içki işlar bölimlari boşliqlarini moddiy rağbatlantiriş, aksinça, bu borada körsatkiçlari eng salbiy bölgan 10ta hudud – Nurota, Nişon, Ellikqal'a, Paxtaobod, Döstlik, Paxtakor, Izboskan, Böstonliq, Buvayda, Quyiçirçiq tumanlari içki işlar bölimlari boşliqlariga jarima şaklidagi intizomiy jazo qöllaş böyiça tegişli körsatmalar berildi.

Endi hokimlar ham har kuni öz hududidagi jinoyatlar bilan boğliq vaziyatni şaxsan muhokama qilib borişi, şuningdek, joylardagi xalq deputatlari kengaşlari jinoyatlar bilan boğliq vaziyatni tahlil qilib, ularning kelib çiqiş sabablari va şart-şaroitlarini bartaraf etişga öz hissasini qöşişi kerakligi ta'kidlandi.

Yiğilişda huquqbuzarliklarning oldini oliş tizimini takomillaştiriş masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi.

Bugungi kunda «Mahalla posboni» tuzilmasi rahbari lavozimi örniga profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlaş böyiça yordamçisi lavozimi joriy etilib, huquqbuzarliklar profilaktikasi böyiça ularning şaxsiy javobgarligi belgilab qöyildi. Kelgusida jamoat xavfsizligini ta'minlaşga munosib hissa qöşgan yordamçilarga içki işlar organlarining oliy ta'lim muassasalariga kvota asosida öqişga kiriş huquqi berilişi ma'lum qilindi. 

Huquqbuzarliklarning oldini oliş va unga qarşi samarali kuraşiş böyiça «hududlar tajribasi»ni joriy etiş zarurligi ta'kidlandi. Masalan, Toşkent şahrida bosqinçilik, Farğonada firibgarlik, Toşkent viloyatida öğirlik jinoyati köp sodir etilayotganini hisobga olib, ularni profilaktika qiliş böyiça hududiy usullar şakllantiriş talab etiladi.

Boş prokuratura akademiyasi, Içki işlar vazirligi akademiyasi, Milliy gvardiya harbiy-texnika institutiga özaro hamkorlikda kriminogen vaziyat oğir bölgan hududlarda ilmiy-tadqiqot işlari ötkazib, jinoyatçilik ahvoli özgarişini kriminologik prognozlaş böyiça uslubiy qöllanma işlab çiqiş vazifasi qöyildi.

Yoşlar örtasida huquqbuzarliklarning oldini oliş maqsadida, içki işlar organlarida işlaydigan psixolog-pedagoglar maktabini yaratiş, oliy öquv yurtlarida psixolog kadrlar tayyorlaş tizimini tubdan qayta körib çiqiş zarurligi qayd etildi. 

Yonğin xavfsizligini ta'minlaş masalasi muhokama qilinar ekan, keyingi vaqtda is gazidan zaharlaniş holatlari köpayib ketayotgani keskin tanqid qilindi. 

Buning asosiy sababi – isitiş jihozlarining sozligini texnik körikdan ötkaziş va ta'mirlaş yetarli darajada nazorat qilinmayapti. Bu bilan nodavlat taşkilot hisoblangan Özbekiston yonğinga qarşi kuraşiş jamiyati şuğullanyapti. 

Boş prokuratura va Adliya vazirligiga uşbu jamiyat faoliyatini yalpi tekşirişdan ötkaziş va sohani takomillaştiriş böyiça taklif kiritiş vazifasi qöyildi. Boş vazirning birinçi örinbosari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Içki işlar vazirligi, Quriliş vazirligiga isitiş jihozlari, möri va boşqa uskunalarning texnik holatiga mas'ul davlat idorasini belgilaş, gaz va kömir asosida isitişga möljallangan bino-inşootlarni is gazini ölçaş uskunalari bilan jihozlaş böyiça texnik reglament işlab çiqiş yuklatildi.

Yiğilişda aholining mulk daxlsizligini ta'minlaş borasidagi vazifalar ham körib çiqildi. Endilikda mahallalarda jamoat xavfsizligi va şaxsiy mulk daxlsizligini ta'minlaşga Içki işlar vazirligi bilan Milliy gvardiya tengma-teng javob berişi ta'kidlandi.  

Jazoni ijro etiş muassasalarida mehnatga layoqatli şaxslarni iş bilan ta'minlaş, davlat-xususiy şeriklik tamoyili asosida yangi işlab çiqarişlarni taşkil etiş böyiça ham topşiriqlar berildi. Bunday şaxslarni kasbga örgatiş, ertaga ular tomonidan takroriy jinoyatlarni sodir etilişining oldini olişga xizmat qiladi. 

Videoselektorda huquqni muhofaza qiluvçi idoralar xodimlarini öqitiş, ularning kasbiy mahoratini va madaniyatini muntazam oşirib boriş masalasiga alohida e'tibor qaratildi.

«Huquqni muhofaza qiliş sohasi uçun kadrlar tayyorlaş tizimi eng yangi yondaşuvlarga asoslanişi, ular şiddat bilan özgarayotgan zamon va şart-şaroitlarga mos bölişi zarur. Yoş kadrlarda tanqidiy tahlil, intizom, halollik, vatanparvarlik, taşabbuskorlik, şaxsiy javobgarlikni şakllantiriş kerak», – dedi Şavkat Mirziyoyev. 

Huquqni muhofaza qiluvçi idoralarga rahbarlar tayinlaşda butunlay yangiça mexanizm joriy etiş böyiça topşiriq berildi. Unga muvofiq, nomzodlar ma'lum muddat davomida maqsadli indikatorlarga erişiş şarti bilan lavozimga tayinlanişi, şartlar bajarilmagan taqdirda şartnoma muddati uzaytirilmasligi lozimligi belgilandi.

Fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, aholining barça qatlamlari, ayniqsa, yoşlarda huquqbuzarlikka nisbatan murosasizlik munosabatini şakllantiriş jinoyatçilikning oldini olişda muhim omil böladi. Lekin huquqiy tarğibot köpinça eskiça usullar, majlisbozlik va yuzaki ma'ruzalardan iborat bölib qolayotgani sababli töla samara bermayotir. Şu bois Adliya vazirligiga Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltiriş konsepsiyasini işlab çiqiş vazifasi qöyildi. 

Tanqidiy ruhda ötgan yiğilişda kadrlar masalalari ham körildi. Öz xizmat vazifalarini bajarişda kamçiliklarga yöl qöygan köplab rahbarlar qat'iy ogohlantirildi, ayrimlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 

Videoselektorda jamoat xavfsizligini ta'minlaşga mas'ul davlat organlari rahbarlarining hisobot va takliflari eşitildi.