Polkovnik Abdumajid Mavlonoviç Şermuhammadov Andijon viloyati içki işlar boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Polkovnik tayinlovga qadar 2025-yil mart oyidan beri Xorazm viloyati içki işlar boşqarmasi boşliği vazifasida işlagan.

Şermuhammadov Xorazm IIB rahbari lavozimiga ötgunça Toşkent şahri Yunusobod tumani içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği lavozimida ham faoliyat yuritgan.