Indoneziyaning Bali oroli hukumati xorijlik sayyohlarga ön dollar miqdorida soliq joriy etişni möljallamoqda. Bu haqda mahalliy ma'muriyatga tayanib The Straits Times xabar berdi.

Xabarda aytilişiça, sayyohlik soliğidan tuşgan tuşum atrof-muhit va Bali madaniyatini saqlab qoliş böyiça dasturlarni moliyalaştirişga yönaltiriladi.

Qayd etilişiça, orolda plastik çiqindilar muammosi dolzarb hisoblanadi.

"Sayyohlar tuşunişadi. Ular atrof-muhit va mahalliy madaniyatni saqlab qoliş uçun pul tölaşdan mamnun bölişadi ", degan gubernator Vayan Koster.

Hozirda sayyohlik soliği qanday tarzda olinişi muhokama qilinmoqda. Soliq miqdori aviaçipta narxiga kiritilişi yoki aeroportlarda olinişi mumkin.