AQŞ prezidentining IŞIDga qarşi kuraşiş böyiça sobiq maxsus vakili Brett Makgerkning Anqara haqida aytgan sözlari terrorizm tarğibotidir, dedi Turkiya prezidentining matbuot kotibi Ibrohim Qalin.

Avvalroq Makgerk Turkiyani Suriya böyiça "işonçsiz hamkor" deb atagandi. Uning sözlariga köra, Anqara Suriyadagi "ekstremistik qatlam" bölgan muxolif guruhlarni qöllab-quvvatlamoqda. Bundan taşqari, u bu guruhlar AQŞ qöllab-quvvatlayotgan "Suriya demokratik kuçlari"ga muqobil böliş uçun judayam kiçiklik qiladi, deb hisoblaydi.

"Tahlilingiz notöğri, Turkiyaga nisbatan aytgan sözlaringiz esa butkul safsata va terrorizm tarğibotining davomidir. Turkiya Suriyadagi yuz minglab aholi, jumladan arablar, kurdlar, ossuriyaliklar hayotini saqlab qoldi. Siz hududdagi Kurdiston işçilar partiyasi terrorçilariga yana kuç berişga urinmoqdasiz. Ammo buni uddalay olmadingiz", deb yozdi Qalin Twitter sahifasida.

Makgerk davlat departamentida IŞIDga qarşi kuraşda xalqaro muvofiqlaştiriş böyiça mas'ul bölgan. U AQŞ prezidenti Donald Tramp Amerika qöşinlari Suriyadan olib çiqilişini ma'lum qilganidan söng iste'foga çiqqan.