Markaziy bank 2018 yil mobaynida bank qonunçiligi talablarini buzganligi uçun 12 ta bankka nisbatan ayrim bank operatsiyalarini amalga oşirişini taqiqlab qöyiş va 28 ta bankka nisbatan jami 20,5 mlrd. söm miqdorida jarima undiriş kabi ta'sir çoralarini qölladi.
MB xabariga köra, ayrim bank operatsiyalarini amalga oşirişni vaqtinça taqiqlaş, dividendlar tölaşni töxtatiş (10 ta bank), valuta birjasi savdolarida iştirok etiş (1 ta bank), aholi omonatlarini jalb qiliş, bankka aloqador şaxslar va xorijiy banklar bilan aktiv operatsiyalarni amalga oşirişni (Xaytekbank, Ravnaqbank, Universalbank) taqiqlab qöyiş şaklida qöllanilgan.
Jarima çoralari quyidagi holatlar uçun qöllanilgan:
a) 13 ta bankda inspeksiya natijalarida aniqlangan tartibbuzarliklar böyiça – 5,9 mlrd. söm;
b) 24 ta bankda valuta operatsiyalarini amalga oşirişdagi tartibbuzarliklar böyiça – 5,1 mlrd. söm;
v) 24 ta bankda iqtisodiy me'yorlarga rioya qilinmaganligi uçun – 4,2 mlrd. söm;
g) 8 ta bankda içki nazorat qoidalari talablariga amal qilinmaganligi uçun – 3,8 mlrd. söm;
d) 2 ta bankda bank xizmatlari iste'molçilari huquqlari buzilganligi uçun – 120 mln. söm (uşbu jarima amaliyoti yaqinda joriy etilgan) miqdorida undirilgan.
Iqtisodiy me'yorlar böyiça banklar tomonidan asosan likvidlilik va oçiq valuta pozitsiyasi me'yorlariga amal qilinmagan.
Uşbu davrda undirilgan jarima summalari banklar kesimida 50 mln. sömdan 2 mlrd. söm doirasida bölib, şundan 250 mln. sömgaça bölgan miqdorda 6 ta bankdan, 250 mln. - 500 mln. söm örtasida bölgan miqdorda 7 ta bankdan, 500 mln. - 1 mlrd. söm örtasida 7 ta bankdan, 1 mlrd. - 2 mlrd. söm örtasida 8 ta bankdan undirilgan.
Banklardan taşqari, inspeksiya natijalariga köra 9 ta mikrokredit taşkilotlaridan 170 mln. söm va 3 ta lombardlardan 27,6 mln. söm miqdorida jarimalar undirilgan.
2018 yilda qöllanilgan çoralar böyiça Markaziy bank tomonidan kredit taşkilotlari rahbariyatlariga aniqlangan tartibbuzarliklarni bartaraf etiş va ularning kelgusida yuzaga kelişini oldini oliş böyiça çora-tadbirlar qabul qiliş töğrisida körsatmalar yuborilgan.
Qayd etilişiça, 2019 yilda Markaziy bank kredit taşkilotlari tomonidan bank qonunçiligiga rioya etilişi ustidan qat'iy nazoratni amalga oşirişni, şuningdek tartibbuzarliklarni oldini oliş maqsadida oldindan ta'sir çoralarini qöllaşni davom ettiradi.












