Markaziy bank boşqaruvining 2026-yil 23-oktabrdagi 28/1-sonli qaroriga muvofiq “Open bank” aksiyadorlik jamiyatiga islomiy bank faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi 1-I-sonli litsenziya berildi. Bu haqda regulyator xabar qildi.

Mazkur litsenziya “Banklar va bank faoliyati töğrisida”gi qonunning 5¹-moddasida nazarda tutilgan islomiy moliya operatsiyalarini qamrab oladi.

Markaziy bank fuqarolarga bank xizmatlaridan foydalanişdan avval uning tegişli litsenziyaga ega ekanini regulyatorning rasmiy sayti orqali tekşirişni tavsiya qildi.

Eslatib ötamiz, 2026-yil 27-martda Özbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etişga qaratilgan qonun imzolangandi. Hujjat bilan islomiy bank faoliyati uçun alohida litsenziya joriy etilib, islomiy moliya operatsiyalari, investitsiyaviy omonatlar va ularni soliqqa tortişning huquqiy asoslari belgilangan. Şuningdek, Markaziy bank va tegişli banklarda islomiy moliya kengaşlarini taşkil etiş nazarda tutilgan. 

Iyul oyida esa islomiy banklar va “islomiy darçalar”ni litsenziyalaş tartiblari belgilandi. Unga köra, bankda Markaziy bank bilan kelişilgan islomiy moliya kengaşi, malaka talablariga javob beruvçi masʼul rahbar hamda islomiy moliya standartlariga muvofiqlik siyosati bölişi talab etiladi. 

Avgust oyida Markaziy bank raisi örinbosari Sanjar Nosirov Kun.uz’ga bergan intervyusida islomiy xizmatlar körsatişga talabgor banklarni litsenziyalaş jarayoni boşlanganini maʼlum qilgandi. U tölaqonli islomiy banklardan oldin anʼanaviy banklarda “islomiy darçalar” oçilişini kutayotganini aytgan. Bunday darçalar orqali aholi islomiy, yaʼni investitsiyaviy omonatlar joylaştirişi ham mumkin böladi.