Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Oliy ta’lim taşkilotlarida talabalar bilimini baholaş va nazorat qiliş tartibini takomillaştiriş töğrisida”gi qaror loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.

Loyihaga köra, 2026/2027 öquv yilidan boşlab yakuniy nazorat imtihonlarini ovozli va video kuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda ötkaziş tizimi joriy etiladi.

Ötkaziladigan yakuniy nazorat turlarini keng jamoatçilik uçun oliy ta’lim taşkilotlarining rasmiy veb-saytidagi havola orqali bevosita onlayn kuzatiş imkoniyati yaratiladi.

Yakuniy nazorat imtihonlari savollarini şakllantirişda talaba bilim va könikmalarini çuqur tahlil qiliş imkonini beruvçi yozma topşiriqlarning aniq mezonlari işlab çiqilişi hamda professor-öqituvçilar tomonidan baholaşda izoh yoziş tizimi joriy etilişi ta’minlanadi.

Şuningdek, loyihaga “Oliy ta’lim taşkilotlarida talabalar bilimini baholaş va nazorat qiliş tartibi töğrisidagi nizom ilova qilingan bölib, u oliy ta’lim taşkilotlarining bakalavriat ta’lim yönalişi hamda magistratura mutaxassisligiga qabul qilingan talabalarning bilimini baholaş va nazorat qiliş tartibini belgilaydi.

Loyiha muhokamasi 12 avgustga qadar davom etadi.