Turkiya hukumati Ukraina elçixonasi murojaatiga köra turk sultoni Buyuk Sulaymonning rafiqasi Xurram sultonning Istanbuldagi maqbarasi oldidagi stenddan uning rus millatiga mansubligi haqidagi ma'lumotlarni olib taşladi. Bu haqda Ukrainaning Turkiyadagi elçixonasi ma'lum qildi.

“Sekin-asta tarixiy haqiqatni tiklamoqdamiz: Ukraina elçixonasining murojaatidan keyin turk tomoni Sulton I rafiqasi Roksolananing Istanbuldagi Sulaymoniya masjidi yonidagi maqbarasidan uning göyoki rossiyalik ekanligi haqidagi matnni öçirib taşladi”, deyilgan Ukraina elçixonasining tvitterdagi xabarida.

Ta'kidlanişiça, endilikda maqbarada “Sulton Sulaymon rafiqasi Xurram sulton (Roksolana), ukrainalik va sulton Salim [II]ning onasi” degan yozuvni köriş mumkin.

Xurram sulton (1502/1505 - 1558) Usmoniylar imperiyasi sultoni Buyuk Sulaymonning rafiqasi bölgan. Uning haqiqiy ismi va kelib çiqişi haqida aniq ma'lumotlar yöq. Ba'zi manbalarda u rus ildizlariga egaligi, boşqalarda esa Rogatinadan (hozirda Ukrainaning Ivano-Frankovsk viloyati) ekanligi aytiladi. Xurram sulton sultonlikning siyosiy işlarida muhim rol öynagan.