Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani RTA telekanali orqali çiqişida toliblarni töğridan-töğri muzokaralarga çaqirdi.  

"Men "Tolibon" harakatini afğon hukumati bilan töğridan-töğri jiddiy muzokaralarga çaqiraman. Milliy birlik, mamlakat mustaqilligi, hududining yaxlitligi, markazlaşgan kuçli hukumat muhokama qilinmaydigan mavzular hisoblanadi", dedi Aşraf Ğani öz çiqişida.

"Tolibon" oldida ikkita yöl turibdi, ular öz xalqini qöllab-quvvatlaşlari yoki boşqa davlatlar qölida qurol bölişlari mumkin", dedi u.

Özaro kuraşayotgan ikki tomon örtasida tinçlik muzokaralarini yölga qöyiş masalasi turli uçraşuvlarda muhokama qilinmoqda.