Qöşma Ştatlar Venesueladagi qonuniy hokimiyatni oçiqdan-oçiq ağdarib taşlaşga harakat qilmoqda. Bu haqda Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bayonot berdi, deya xabar tarqatdi TASS.

«Bizni AQŞ va uning eng yaqin ittifoqçilari Venesuelaga nisbatan qanday iş tutayotgani bezovta qilmoqda, ular xalqaro huquqning barça qoidalarini oçiqçasiga buzişmoqda», - dedi vazirlik rahbari. Uning qöşimça qilişiça, xalqaro hamjamiyat inqiroz konstitutsiyaga qarşi uslublar orqali hal qilinişiga yöl qöymasligi lozim.

28 yanvar kuni Moskva OAVning Rossiya tomoni Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qöriqlaş xodimlari bilan ta'minlab bergani haqidagi xabarlarini rad etdi. Undan bir kun oldin, Rossiyadan Venesuelaga 400 nafar jangçi yuborilgani borasidagi ma'lumot ham rad etildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Bolton Maduroga yangi çoralar bilan tahdid qilgandi.