Rim Venesuela muxolifati yetakçisi Xuan Guaydoni Venesuelaning vaqtinçalik prezidenti deb tan olmaydi. Bu haqda Tg2000 efirida Italiya taşqi işlar vaziri örinbosari Manlio di Stefano aytib ötdi.  

Uning aytişiça, Italiya bir davlat yoki davlatlar guruhi boşqa bir davlatning içki siyosatini belgilaşiga qarşi. “Bu aralaşmaslik tamoyili deb ataladi va BMT tomonidan tan olinadi”, deb aytgan diplomat.

Di Stefano hozirda Venesuelada uruşga yöl qöymaslik eng muhim masala hisoblanişini qöşimça qilgan. “Bu xatoga Liviyada yöl qöyilgan va bugungi kunda barça tomonidan tan olingan”, deb ta'kidlab ötgan Italiya vakili. 

31 yanvarda Yevropa parlamenti Guaydo vaqtinçalik prezident deb tan olingan rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjatda ta'kidlanişiça, Yevroparlament Venesuela parlamentini mamlakatdagi yagona qonuniy demokratik organ sifatida qöllab-quvvatlaydi. 

Avvalroq AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jon Bolton Venesuelaning amaldagi prezidenti Nikolas Maduroga mamlakatni tark etişni tavsiya qilgan. U tvitterda Maduro va uning yon atrofidagilar Guaydo tomonidan va'da qilingan amnistiyadan foydalanişlari va qolgan hayotlarini “Venesueladan uzoqroqda, biror sohilböyida” ötkazişlari mumkinligini aytgan.