Özbekistonning AQŞdagi elçixonasi xabariga köra, 4-7 fevral kunlari Toşkentga AQŞ geologiya xizmati (USGS) delegatsiyasi taşrif buyuradi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabar qilinişiça, 30 yanvar kuni Özbekiston geologiya va mineral resurslar böyiça davlat qömitasi va AQŞ geologiya xizmati vakillari örtasida videokonferensiya şaklidagi muloqot bölib ötdi.

Muloqotda tomonlar geologik tadqiqotlar sohasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi hamda AQŞ delegatsiyasining bölajak taşrif dasturini kelişib oldi.

AQŞ geologiya xizmati vakillari Toşkentda ikki tomonlama ilmiy-tadqiqot hamkorligini rivojlantiriş böyiça amaliy çora-tadbirlarni işlab çiqiş maqsadida tegişli vazirlik va idoralar bilan uçraşuvlar ötkazadi.