AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron ortidan kuzatiş uçun Iroqda qöşinlarni qoldirişini aytdi.

“Men istayotgan barça narsa, kuzatiş imkoniga ega bölişdir. Bizda Iroqda qurilgan juda qimmat va aqlbovar qilmas harbiy baza bor. U notinç Yaqin Şarqning barça qismlari ortidan kuzatiş uçun mukammal joylaşgan”, deb aytgan Tramp CBS telekanalidagi “Face the Nation” dasturida. 

Tramp “Kimdir yadro quroli yoki boşqa narsalar işlab çiqişni istasa, ular buni qilişidan oldin biz bu haqda xabar topamiz”, deb, AQŞ Yaqin Şarqdagi muammolarni oldindan köra olişiga umid bildirgan.

AQŞ prezidenti Iroqdagi iştirokni tanqid qilib, uni “yölga qöyilgan eng katta xatolardan biri” deb ataydi. Biroq uning özi ham, ba'zi qöl ostidagilar ham Eron AQŞga jiddiy xavf solişini ta'kidlab keladi.