Rossiyaning 9M729 yangi raketalari Yevropagaça yetib bormasligi uçun Ural toğlari ortiga joylaştirilişi Örta va kiçik masofaga möljallangan raketalarni yöq qiliş töğrisidagi şartnomani saqlab qoladi.

Frankfurter Allgemeine gazetasining yozişiça, bu haqda bundestag deputatlari Roderix Kizevetter va Rolf Myutsenix fikr bildirgan.

Ularning fikriça, Rossiyaga ana şunday taklif bildirilişi kerak, şu bilan birga Amerika rossiyalik mutaxassislarga Ruminiyadagi raketa bazalarini tekşirişga imkon berişi lozim.

2 fevral kuni AQŞ Örta va kiçik masofaga möljallangan raketalarni yöq qiliş töğrisidagi şartnomadan çiqişini ma'lum qildi. Moskva ham öz navbatida şartnomadan çiqdi.