2018/2019 öquv yilining boşiga Özbekiston Respublikasida 1537 ta örta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalari faoliyat yuritmoqda. Ulardan akademik litseylar soni 123 tani va kasb-hunar kollejlar soni - 1414 tani taşkil etdi.

Davlat statistika qömitasi xabariga köra, 2017/2018 yillar boşiga 1556 ta örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari mavjud bölib, ulardan 123 tasi akademik litsey va 1433 ta kasb-hunar kollejlari taşkil qilgan.

2018/2019 öquv yili boşiga örta maxsus kasb-hunar ta'lim muassasalarining umumiy sonidan, akademik litseylar uluşi 8,0%ni taşkil etadi, kasb-hunar kollejlari esa 92,0%ni taşkil etadi.

Akademik litseylarning uluşi 2016/2017 öquv yili boşida 9,2%, kasb-hunar kollejlari esa 90,8%ni taşkil etgan. 

Özbekiston Respublikasida 2018/2019 öquv yili boşiga 123 ta akademik litseylarda 70,8 ming nafar öquvçi tahsil olayotgan bölib, 31,6 ming nafar öquvçi ta'lim muassasalarini bitirdi. 2017/2018 öquv yilining boşida esa 123 akademik litseylarda, 85,3 ming nafar öquvçi tahsil olgan va 32,7 ming nafar öquvçi bitirgan.

Özbekiston Respublikasida 2018/2019 öquv yili boşiga 1414 ta kasb-hunar kollejlari faoliyat yuritmoqda, ularda 656,3 ming nafar öquvçi tahsil olayotgan bölib, 454,9 ming nafar öquvçi ta'lim muassasalarini bitirdi.

Kasb-hunar kollejlarining umumiy sonida eng katta uluş Samarqand, Farğona, Qaşqadaryo viloyatlari va Toşkent şaharlari hissasiga töğri kelmoqda. Eng kam uluş esa Navoiy, Sirdaryo, Jizzax va Buxoro viloyatlariga töğri keladi.

Kasb-hunar kollejlari öquvçilari orasida qizlarning uluşi 49,9%, öğil bolalar 50,1%ni taşkil etdi. Bitiruvçilar uluşi bilan taqqoslaganda, öğil bolalarning uluşi 50,7%ni, qizlar esa 49,3%ni taşkil etadi.

2018/2019 öquv yili boşiga kasb-hunar kollejlari öqituvçilari soni 44,0 ming kişini taşkil etdi, ulardan 41,0 ming nafari oliy ma'lumotli va 3,0 ming nafari örta maxsus ma'lumotga ega.

2017/2018 öquv yil boşiga kasb-hunar kollejlarining 73,1 ming öqituvçisi qayd etildi, ulardan 68,6 ming nafari oliy ma'lumotli va 4,4 ming nafari örta maxsus ma'lumotga ega bölgan.