Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarori imzolandi.

Prezidentning mazkur qaroriga köra, “Közi ojizlar bosmaxonasi” korxonasining matbaa uskunalarini modernizatsiya qiliş, binolari va işlab çiqariş xonalarini ta'mirlaş, moddiy-texnik bazasini mustahkamlaşga qaratilgan “Koʻngil koʻzi” loyihasini amalga oşiriş böyiça “Yöl xaritasi” tasdiqlanmoqda.

Eslatib ötamiz, Matbuot va axborot agentligi boş direktori K.Allamjonov yaqinda Respublika böylab közi ojizlar uçun maxsus maktablarda ta'lim olayotgan 3000 bola risoladagidek ta'lim ololmayotgani va ahvol yildan yilga yomonlaşayotganini ta'kidlab ötgan edi.

Ungaça, Markaziy Osiyoda yirikligi böyiça Brayl yozuvida kitoblar va darsliklar çop etuvçi yagona bosmaxona Toşkent şahar hokimiyatining notöğri çiqargan qarori bois muammolarga duç kelayotgani, çunonçi, ijtimoiy ahamiyatga molik taşkilotga tegişli binolari va hududi töliğiça Toşkent şahar IIBB 62-bölimiga berib yuborilgani haqida Kun.uz tahliliy reportaj uyuştirgan edi.